O‘zbekistondan Rossiyaga 5 kilogramgacha meva olib kirishga ruxsat berildi

© Sputnik / Aleksandr Kovalev / Mediabankka o‘tishChereshnya na prilavke munitsipalnogo fermerskogo rinka "Merkado dosh Lavradoresh" v gorode Funshal na ostrove Madeyra.
Chereshnya na prilavke munitsipalnogo fermerskogo rinka Merkado dosh Lavradoresh v gorode Funshal na ostrove Madeyra. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘lovchilar tomonidan 5 kilogramgacha ho‘l va quruq mevalar olib kirishga ruxsat berildi.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorat qo‘mitasi (Rosselxoznadzor) yo‘lovchilarga qo‘l yukida O‘zbekistondan  umumiy vazni 5 kilogramgacha bo‘lgan ho‘l va quruq mevalar olib kirishga ruxsat berdi.

“2019 yilning 5-martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasidan kelayotgan yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagajida umumiy vazni 5 kilogramgacha bo‘lgan ho‘l va quruq mevalar olib kirishga ruxsat berildi”, - deyilgan muassasa rasmiy xabarida.

Ushbu ruxsat O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat xizmati kafolati asosida berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan kelgan yo‘lovchilar qo‘l yuklarida o‘simlik mahsulotlari olib kelish o‘tgan yilning noyabr oyida ta’qiqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0