TOShKENT, 7 mar – Sputnik. Turizm sohasi ulushi 2018-yilda dunyo YaIMining 10,4 %ini tashkil qildi, ushbu sohada o‘sish surati axborot texnologiyalari sohasiga qaraganda 2 baravar yuqori natija ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasi.
Jahon turizm qo‘mitasi yillik hisobotiga ko‘ra, 2018-yilda turizm bozorining umumiy qiymati 8,8 trillion dollarni tashkil qildi, sohada so‘nggi 8-yilda to‘xtovsiz o‘sish kuzatilmoqda.
Xususan, 2018-yilda ishlab chiqarish sohasida +4%, turizm sohasida + 3,9 %, sog‘liqni saqlash sohasida + 3,1 %, axborot texnologiyalarida + 1,7 %, moliya xizmatlarida + 1,7 % o‘sish kuzatilgan.
Turizm sohasining umumiy daromadidan 71,2 % - bu ichki sayyohlar ulushi, qolgani esa – xorijiy sayyohlardan olingan daromadlardir. Sohada o‘tgan yil butun dunyo bo‘yicha 318 million kishi ishlagan (har 10 ish o‘rnidan biri) va so‘nggi 20-yilda turizm sohasida 20 % yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Hisobotda aytilishiga ko‘ra, turizm sohasi kelgusi 10-yil davomida rivojlanish davom etadi va kelajakda qo‘shimcha 100 million yangi ish o‘rinlari yaratiladi.