TOShKENT, 25 fev – Sputnik. O‘zbekiston Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Samarqand shahrining yangi logotipini ishlab chiqdi.
Qo‘mita saytida fuqarolar ushbu logotiplarning istalgan ko‘rinishiga ovoz berishlari mumkin.
Aslida Samarqand shahrining uzoq yillardan beri ko‘pchillikka tanish bo‘lgan timsollari bor. Masalan, Sherdor madrasasi peshtoqida tasvirlangan quyosh va qoplon. Mahalliy suvenirlarda ko‘p hollarda ushbu tasivr shahar ramzi sifatida ishlatiladi.
Ma’lumot uchun, Yevropa shaharlari o‘zlarining 300, 500 yoki 800-yillik shahar timsollari bilan mag‘rurlanishadi. Masalan: Kopengagen gerbi 1661-yildan, Madrid gerbi 1222-yildan, Vena shahri gerbi – 1239-yildan beri jiddiy o‘zgarmagan.
© Foto: GoskomturizmaLogotip Samarkanda 1-4 varianti
Logotip Samarkanda 1-4 varianti