TOShKENT, 7 mar - Sputnik. O‘zbekiston fuqarosining pichoqlangan tanasi Moskvaning Akademicheskiy tumanida topildi, deb yozadi “Moskva” shahar yangiliklari agentligi huquqni himoya qiluvchi organdagi manbasiga asosan.
“5 mart kuni kechqurun Krjijanovskiy ko‘chasida joylashgan yotoqxona xonasida badanida ko‘plab sanchilgan-kesilgan jarohatlari bo‘lgan 1976-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosining jonsiz tanasi topildi”, - deya ma’lum qildi agentlik manbasi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ldirilgan shaxs ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u o‘zining jonsiz tanasi topilgan xonada istiqomat qilgani aniqlangan.
Hozirda ushbu qotillik tafsilotlari o‘rganilmoqda.