TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi ayol tanishini pichoqladi.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, Angren shahrida yashovchi 34 yoshli ayol mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida 26 yoshli F.Yu.ning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, ayolning tanishi ham mast holda bo‘lgan. Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda jinoyatchi qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.