TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Moskva aholisi WhatsApp messenjeri orqali qirg‘iz tilida fuqarolarni "razborkaga" da’vat qilgan xabarlarni tarqata boshlashdi, deb xabar qildi ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston IIVning MDH davlatlaridagi vakili Askar Aliyev. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.
Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, bunday yig‘inlar bo‘lganini tasdiqlovchi faktlar qayd etilgan.
"Shunday xabarlar bor: go‘yoki boshqa millatga mansub noma’lum kishilar qirg‘izlarni xafa qilgan ekan, shu bois "razbor" zarurligi aytilgan. Qirg‘izistonliklar ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha to‘planishganini tasdiqlovchi faktlar bor. Bunday uchrashuvlar hech qachon yaxshilik bilan tugamaydi. To‘planganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin", — deb qayd etdi Aliyev.
U qirg‘izistonliklarni bunday provokatsiyalar ta’siriga uchramaslikka, qonunga bo‘ysunishga va shubhali holatlar haqida Moskva politsiyasiga yoki Qirg‘iziston IIVning vakolatxonasiga xabar qilishni so‘radi. Aliyev fuqarolarga bunday harakatlari bilan ular o‘zlarining boshqa vatandoshlari nomini ham qoraga chiqarishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tdi.