Moskva viloyatida taksist-migrantlar alohida nazorat ostida bo‘ladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishReyd GIBDD
Reyd GIBDD - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, bu mamlakatda faoliyat yuritish uchun migrant-haydovchilar Rossiyada o‘qib, Rossiya namunasidagi haydovchilik guvohnomasini olishlari kerak bo‘ladi

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Moskva viloyatida ko‘p sodir etilayotgan avariya holatlari tufayli taksida ishlaydigan migrant-haydovchilar faoliyati ustidan nazorat kuchaytiriladi, deb xabar qildi Moskva viloyati transport va yo‘l infratuzilmasi vazirining birinchi o‘rinbosari Anna Krotova.

Rabota taksi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchi-migrantlar Rossiya qonunchiligida talabchanlik kuchayishiga tayyor bo‘lishlari kerak

Idora xabariga ko‘ra, 2018-yilda 1,5 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aynan migrant-haydovchilar tomonidan sodir etilgan va bu o‘tgan yilda sodir etilgan YTH umumiy qoidabuzarliklarining 13%ni tashkil etadi.

Krotovaning ta’kidiga ko‘ra, qonunchilikdagi tashuvchilar xavfsizligi talablari to‘g‘risidagi normalarning buzilganligi uchun kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. Bunday tashkilotlarning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilishi yoki barcha ruxsatnomalar bekor bo‘lishi mumkin.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, bu mamlakatda faoliyat yuritish uchun migrant-haydovchilar Rossiyada o‘qib, Rossiya namunasidagi haydovchilik guvohnomasini olishlari kerak bo‘ladi.

Migrantlar chet el haydovchilik guvohnomalari bilan yo‘lovchi tashish ishlarida faoliyat yuritish huquqiga ega emas.

Yangiliklar lentasi
0