TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Tverda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi, deb xabar qilmoqda Tver mahalliy nashrlari.
Markaziy Osiyo fuqarosi Tverning Zavoljye tumanida yashovchi fuqaroning VAZ 2121 avtomobilini olib qochgan.
Sal keyin mashina Bolshie Peremerki posolkasida aniqlangan. Shundan so‘ng politsiya xodimlari mashina o‘g‘risining o‘zini qo‘lga olganlar.
Migrant tomonidan sodir etilgan jinoyat o‘rta og‘irlikdagi jinoyat sifatida baholanmoqda. O‘zbekiston fuqarosi besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ayni vaqtda u hibsga olingan.