Prezident portali orqali tuhmat qilgan fuqaro qamaldi

© SputnikVirtualnaya priyemnaya prezidenta RUz Shavkata Mirziyoyeva
Virtualnaya priyemnaya prezidenta RUz Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘lmas O‘sarov Jinoyat Kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) 3-qismining «a, g” bandlari bilan aybli deb topilib bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Prezident portali orqali tuhmat qilgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi, deb xabar qilmoqda Daryo.

Xabarda aytilishicha, bulung‘urlik O‘lmas O‘sarov 2018-yilning 8-dekabr prezident “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilib Inkassatsiya xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i ishga qabul qilish evaziga 2000 dollar hamda Bulung‘ur tuman IIB YoXB rahbari ishga kirish uchun 500 dollar talab qilayotganligini aytgan.

Sayt virtualnoy priyemnoy prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Prezident virtual qabulxonasi onlayn ishlaydi

Shunday so‘ng ushbu ish yuzasida so‘roqlar olib borilgan va kerakli hujjatlar to‘plangan. Tergov jarayonida O‘lmas O‘sarovdan hech kim ishga kirishi uchun pul so‘ramaganligi, faqat ushbu korxonalarda unga bo‘sh ish o‘rinlari  yo‘qligi xabar qilingani ma’lum bo‘lgan. O‘sarovning aybi to‘liq isbotlangan.

Bulung‘ur tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi majlisida Prezident virtual qabulxonasi orqali mansabdor shaxslarga tuhmat qilgan O‘lmas O‘sarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) 3-qismining «a, g» bandlari bilan aybli deb topilib bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0