TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 2018-yilning 9-yanvar kuni umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan, 237 banddan iborat bo‘lgan "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" davlat dasturi loyihasining 26-bandida Prezidentning yangilangan Virtual qabulxonasi haqida so‘z boradi.
Unda aholiga onlayn maslahat berish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasini joriy etish ta’kidlangan.
Yangilangan Virtual qabulxona 2018-yilning 20-iyuniga qadar Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan to‘la shakllantirilishi belgilangan.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy ta’minoti takomillashtirilib, unda aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi.