TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Rossiya tergov qoʻmitasi Baxtiyor Matyoqubovga nisbatan jinoyat ishini oʻrganishni toʻxtatdi, erkak beshta qotillikni sodir etganlikda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda Tergov qoʻmitasi matbuot-xizmati.
TQ versiyasiga koʻra, 2015-yil yanvar-aprel oylari oraligʻida Matyoqubov Moskva va Moskva viloyatida qator qotilliklarni sodir etgan. U kimsasiz joylar va xiyobonlarda ayollarga tashlangan.
"Xususan, 2015 yilning 17 martida u Izmaylovo parkida notanish iti bilan sayr qilib yurgan 35 yashar ayolni uchratgan. Atrofda odamlar yoʻqligiga ishonch hosil qilgach, ayolning yurak qismiga ikki marta pichoq urgan, jabrdiyda hodisa joyida vafot etgan", - deyiladi qoʻmita xabarida.
Migrant shuningdek, oʻz qurbonlarini keyinchalik ularni oʻmarish maqsadida, doʻkonlar atrofida ham taʼqib qilgan. Manyak oʻz qotilliklarini kunduzi va kechasi sodir etgan. Har safar oʻz qurbonlariga tilingan va kesilgan jarohatlar yetkazgan.
Qotil bir necha yil davomida odil sudlovdan boshqa mamlakatda yashirinishga muvaffaq boʻlgan, ammo 2017 yilning dekabrida u Moskvaga ekstradatsiya qilingan.
Ekspertiza oʻtkazilishi davomida, psixologlar va boshqa mutaxassislar, Matyoqubov ruhiyatida muammolar mavjudligini tasdiqlashgan va u juda asabiy degan xulosaga kelishgan. Matyoqubov juda qiziqqon, qasoskor boʻlgan, ayollarga nisbatan unda shaxsiy adovat boʻlgan.
Migrant dastlabki tergov vaqtida barcha sodir etgan jinoyatlarini toʻliq boʻyniga olgan. Jinoyat ishi tasdiqlangan ayblov xulosasi bilan sudga yoʻnaltirilgan.