TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Hozirda Xitoyda tahsil olayotgan samarqandlik talaba Abubakir Mamatov O‘zbekiston nomini o‘zgartirishni taklif qilmoqda. Bu haqda o‘zining Facebook᾽dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Talaba O‘zbekiston nomini Uzbekland yoki Neartland deb o‘zgartirishni taklif qilmoqda, chunki -iston qo‘shimchasi Pokiston va Afg‘oniston bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy tasavvurni uyg‘otadi. U mamlakat nomi o‘zgartirilsa, mamlakatga kelayotgan turistlar oqimi yanada ko‘payadi, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek yozuvchi Evril Turon (Mamadali Mahmudov) O‘zbekiston iqtisodiy qudrat cho‘qqisiga chiqqanda, poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifini bildirgan edi. Uning fikricha, yangi poytaxt G‘allaorol-Bulung‘ur tumanlari oralig‘idagi Pomir tizmalarida joylashishi kerak. Shuningdek, u yangi poytaxtni Temurkent (Amir Temur sharifiga) deb atash taklifini kiritgan edi.
O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish haqida taklif yuzasidan Sputnik O‘zbekiston agentligi so‘rov o‘tkazgan edi. So‘rov natijalarga ko‘ra, 50 foizdan ortiq kishi mamlakat poytaxtini Jizzax shahriga ko‘chirish maqsadga muvofiq emas, deya hisoblaydi.