O‘zbekiston poytaxtini Jizzaxga ko‘chirish taklifi yuzasidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yozuvchi Mamadali Mahmudov O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish haqida taklif bildirgandi.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish haqida taklif yuzasidan Sputnik O‘zbekiston agentligi so‘rov o‘tkazdi.

Razrabotana Konsepsiya brenda Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax viloyati o‘z brendiga ega bo‘ldi – foto

So‘rovda 649 kishi ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, 50 foizdan ortiq kishi mamlakat poytaxtini Jizzax shahriga ko‘chirish maqsadga muvofiq emas degan bandga ovoz bergan. Ko‘pchilik o‘zbekistonliklar bu tashabbusni budjet mablag‘ini bekorga sarflash deya baholashgan.

Biroq 13 foiz kishilar poytaxtni respublikaning jo‘g‘rofik markazida tashkil qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashgan.

So‘rovda qatnashganlarining 17 foizidan ko‘pi Samarqandga poytaxt maqomini qaytarishga ovoz berishgan. Aynan Samarqand shahri XIV asrda Amir Temir davlatining poytaxti, 1925-1930 yillarda esa  O‘zbekiston SSRning poytaxti bo‘lgan.

So‘rovda qatnashganlarning 10 foiziga yaqin qismi O‘zbekiston poytaxtini yangi joyda tashkil qilishga ovoz berishgan.

Shuningdek, 9 foizdan ortiq kishi “hukumat bunga bormaydi” degan bandga ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik yozuvchi Mamadali Mahmudov  O‘zbekiston iqtisodiy qudrat cho‘qqisiga chiqqanda, poytaxtni Jizzax viloyatiga ko‘chirish taklif qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0