Moskvada ukrainalik ayol o‘zbekistonlik erkakni pichoqladi

CC0 / pixabay / Noj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jabrlangan shaxs shifoxonada olingan jarohati tufayli vafot etdi.

TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Moskva shahrida ukrainalik ayol ichkilikbozlik paytida O‘zbekiston fuqarosini pichoqlab qo‘ydi, deb yozadi “Moskva” shahar yangiliklar agentligi.

Nashrning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasining xabar qilishicha, Moskva shahrining  G‘arbiy ma’muriy okrugida migrantni pichoqlashda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingan.

Noj v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston
Otello sindromi: Qoraqalpog‘istonda rashkchi er xotinini pichoqladi

Politsiya xodimlari 1984-yilda tug‘ilgan ukrainalik ayol va 1978-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik migrant o‘rtasidagi janjal spirtli ichimlik iste’mol qilishdan so‘ng yuzaga kelganini aniqlashdi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ayol qo‘lidagi o‘tkir predmetni o‘z sheriginining ko‘kragiga sanchadi.

Jarohatlangan shaxs shifoxona olib boriladi, ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan o‘sha yerda vafot etadi.

Hozirda jinoyatchi qo‘lgan olingan. Tergovchilar sodir bo‘lgan hodisaning tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0