Farg‘onada maktab o‘quvchisi kimoviy modda ichib vafot etgani rostmi?

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishFarmatsevticheskaya fabrika na vostoke Damaska v rayone Bab al Sharki
Farmatsevticheskaya fabrika na vostoke Damaska v rayone Bab al Sharki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turli ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan majburlab kimoviy modda ichdirilganligi bois vafot etganligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

TOShKENT, 4 mar - Sputnik. 2019-yil 15-fevral kuni soat 22:30 larda O‘zbekiston tumani markaziy shifoxonasining qabulxonasi bergan xabarga asosan, O‘qchidasht qishlog‘ida yashovchi, 17-umumta’lim maktabining 9–sinf o‘quvchisi o‘zining ehtiyotsizligi orqasidan noma’lum dorini ochib, ota-onasi tomonidan shifoxonaga olib kelingan.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga tuman prokuraturasining tezkor-tergov guruhi yetib borib, tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Draka - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax viloyatida vafot etgan 6-sinf o‘quvchisi bo‘yicha XTV axboroti

O‘zAning ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida voyaga yetmagan S. A. boshi og‘rigani uchun uyidagi javondan noma’lum dorini o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida ichib olganligi, keyin qorni og‘rib qolganligi, bu haqda ota-onasiga aytgani, uni shifoxonaga olib borganligi, hech kim unga majburlab dori ichdirmaganligi, oila a’zolari va boshqa shaxslar bilan janjallashmaganligi, ularga achchiq qilib dori ichmaganligi, hech kim bilan adovati bo‘lmaganligi aniqlandi.

Tuman xalq ta’limi bo‘limidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, S.A. 2019-yil 15-fevral kuni maktabga kelib, olti soat dars mashg‘ulotlariga qatnashgan. Maktabda o‘quvchiga sinfdoshlari va pedagoglar tomonidan hech qanday tazyiq o‘tkazilmagan. Bu o‘quvchi maktabning a’lochi va iqtidorli o‘quvchilaridan biri edi.

Qayd etilishicha, u o‘n kun davomida shifokorlar nazoratida davolangan va umumiy ahvoli yaxshilana boshlagan. Ammo, 2019-yil 26-fevral kuni uning holati yomonlashib, tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi.

Ayni kunlarda mazkur holat yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida zaharli kimoviy modda iste’mol qilgani tufayli maktab o‘quvchisi vafot etgani haqida xabar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0