TOShKENT, 3 mar – Sputnik. Toshkent shahar IIBB hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va hayvonlar janglari tashkilllashtirishga qarshi qaratilgan qonun ishlab chiqish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.
So‘nggi vaqtlarda Respublika hududida va Toshkent shahri hududida hayvonlar janglari haqida turli xabarlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, o‘tgan haftada Facebookdagi “GUVD: dialog s naseleniyem (Tashkent)” guruhida Karina Mirzayeva nomli foydalanuvchi Sergeli tumani hududida itlar jangi tashkil qilinganini keskin norozilik bilan xabar qilgan edi.
IIBB ushbu xabar yuzasidan darhol choralar ko‘rdi. Voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB va Milliy gvardiya xodimlari itlar jangini darhol to‘xtatishdi. Ushbu tadbirni “ko‘rgazma” sifatida tashkil qilgan “O‘zbek bo‘ribosari” (uzbekskiy volkodav) jamiyati rahbariga nisbatan ma’muriy chora (jarima) qo‘llanildi.
Toshkent shahar IIBB O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shahfatsiz munosabatda bo‘lish, “ko‘rgazma” niqobi ostida uyushtirilayotgan hayvonlar janglariga nisbatan befarq qolmadi. Ushbu holatlarni oldini olishga nisbatan barcha choralar ko‘rilmoqda.
Undan tashqari, IIBB hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan jazo chorasini kuchaytirish taklifi bilan chiqmoqda.
Ushbu borada o‘zga mamlakatlar tajribasi o‘rganib chiqildi. Masalan, Rossiyada 2018-yilning 27-dekabrida “Hayvonlarga nisbatan munosabatlarda javobgarlik to‘g‘risidagi” qonun qabul qilingan edi. Unda nafaqat hayvonlar janglari uyushtirish va hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, balkim ushbu mazmundagim materiallarni tarqatish ham – ta’qiqlangan.
AQSh qonunchiligida ham itlar janglari mutlaq ta’qiqlangan va ularning tashkilotchilariga nisbatan qattiq jazo choralari belgilangan.
Buyuk Britaniyada hayvnlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish 51 haftagacha qamoq jazosi va 20 ming funt jarima bilan jazolanadi.
Qo‘shni Qozog‘istonda esa – itlar janglari faqat seleksiya maqsadlarida va faqat birinchi qon chiqquniga qadar o‘tkazilishi ta’kidlangan.
O‘zbekiston qonunchiligida hayvonlar janglarini ta’qiqlovchi qonun yo‘q, lekin hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish haqidagi qonun bor. Unga ko‘ra aybdor EKIHning 0,5 – 2 miqdorida jazolanishi mumkin. Tajribadan ko‘rinib turibdiki, ushbu choralar shafqatsiz insonlarni to‘xtatib qola olmaydi.
Rahm-shafqat va insonparvarlik bolalarda yoshlikdan tarbiyalanadi. Ular birinchi darslarini, albatta, kattalarning bir-biriga, o‘zidan kichik va kuchsizlarga hamda inson oldida himoyaga muhtoj bo‘lgan hayvonlarga nisbatan munosabatidan - ko‘rib o‘rganadi, - deyilgan IIBB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda shahar IIBB o‘tgan haftada profilaktika inspektori mushukchaga ozor bergan bolalar bilan suhbat o‘tkazgani va ijobiy natijalarga erishgani haqida xabar qilgan edi.