TOShKENT, 28 avg — Sputnik. "Mehr va oqibat" hayvonlarni himoya qilish jamiyati yangi ijtimoiy loyihani boshladi. "Ezgulikni tanla" deb nomlangan ushbu loyihani O‘zbekistonning ko‘plab madaniyat, san’at va sport yulduzlari qo‘llab quvvatlashdi.
Yangi loyiha jamoatchilik e’tiborini bugungi kunda hayvonlarga nisbatan yuz berayotgan shafqatsizlikka qarshi qaratilgan bo‘lib, uning asosiy shiori "Ozorberma" degan ibora bo‘ldi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ayni damda ushbu tadbirda Sevara Nazarxon, Nasiba Abdullayeva, Munojatxon Yulchiyeva, Munisa Rizayeva, Asal Shodiyeva, Amira Alibekova, Leyli, Bobur Ismailov, Ruslan Nurudinov, Saida Amirlar suratga tushishga rozilik berishgan.
Plakatlarda "Inson bo‘l", "Ozor berma" kabi iboralar yozilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir #ozorberma xeshtegi yordamida kuzatib boriladi.
"Mamlakatimizning hurmatga sazovor insonlarni jalb qilib katta tadbir tashkil qilishni anchadan beri rejalashtirib yurgan edik. Birinchi fotosessiyamiz 2017-yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan", — deydi "Mehr va Oqibat" nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Timur Aripov.
Biz 7-yildan beri insonga hamroh hayvonlarni himoya qilish uchun faoliyat yuritib kelmoqdamiz.
— Aholi va yoshlar orasida bizdan ko‘rsa kuchsizroq bo‘lgan hayvonlarga rahm-shafqatli bo‘lish haqida tushuntirish ishlari olib borish;
— Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari haqida huquqni saqlash organlariga murojaat qilganlarni qo‘llab-quvvatlash, ushbu maqsadda huquqshunos xizmatini taklif qilish;
— Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari uchun qonuniy jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan faoliyat;
"Biz ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlagan va ishtirok etgan barchaga: shahar ma’muriyati, reklama maydonlari ajratib bergan kompaniyalar, jurnalistlarga, dizayner va bosmaxona ishchilariga hamda loyihada bevosita ishtirok etgan yulduzlarga behad minnatdorligimizni bildiramiz. Ular o‘z misolida kshilarni hayvonlarga yordam berishga ularga nisbatan rahmli bo‘lishga chaqiradi bilan", — deydi Mehr va Oqibat" rahbari.
"Ezgulikni tanla" ijtimoiy tadbiri bir yil davom etadi va MDH hududida ushbu mavzudagi birinchii keng ko‘lamli loyihaga aylanadi.