Omonulla Madayev vafot etdi

© "Xalq so‘zi"Omonulla Madayev
Omonulla Madayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi test tizimini keskin tanqid qilgan adabiyotshunos olim Omonulla Madayev vafot etdi.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. Taniqli adabiyotshunos olim, ming minglab talabalarning ustozi Omonulla Madayev 2-mart kuni 76 yoshida vafot etdi. Bu haqida Facebookda adibning yaqinlari xabar qildi. 

“Adajonimni berib kuydik... Ertaga peshin namozida Kukcha masjidida ukiladi janozalari”, - deyilgan Shaxnoza Madevaning xabarida.

Omonulla Madayev 1942-yilning 20-mayida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964-yilda ToshDUning filologiya fakultetini bitirib maktab o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshlaydi. 1982-yildan 2015-yilga qadar ToshDUning o‘zbek mumtoz adabiyoti fakultetila ishlab kelganlar.

Omonulla Madayev - Sputnik O‘zbekiston
Domla Omonulla Madayev: "Poraxo‘r o‘qituvchi va shifokorlarni aslo kechirmayman!"

Omonulla Madayevning xizmatlari “Moxir pedagog”, “Otlichnik narodnogo obrazovaniya” va “Do‘stlik” unvonlari bilan taqdirlangan. O‘quvchilari u kishini judda qattiqqo‘l va shu bilan birga mehribon ustoz sifatida eslab qolganlar.

So‘nggi yillarda ustoz Omonulla Madayev O‘zbekistondagi mavjud test tizimini, o‘qituvchilar orasidagi poraxo‘rlikni keskin tanqid qilgan edilar. Xususan, u kishining O‘zbekiston televideniyesidagi ko‘rsatuvlardan birida o‘ta murakkab ifodalangan savol yuzasidan "Bolasi yo‘q odam tuzgan bu savolni" degan gaplari hammaning yodida bo‘lsa kerak.  

Yangiliklar lentasi
0