Jamiyat

Domla Omonulla Madayev: "Poraxoʻr oʻqituvchi va shifokorlarni aslo kechirmayman!"

© Yoshlar / Omonulla Madayev
Omonulla Madayev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shaxsan mani oʻzim poraxoʻrlik qilgan domlani, kasalning oʻlayotganini bila turib, operatsiya uchun pul olgan shifokorni kechira olmayman - deydi Omonulla Madayev.

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. Testning chalkash savollari va bunkerlar haqida oʻzining keskin fikrlari bilan mashhur boʻlgan domla Omonulla Madayev Yoshlar telekanalida poraxoʻr oʻqituvchi va shifokorlar haqida fikr bildirdi.

“Poraxoʻrlik qilgan oʻqituvchini men domla sifatida kechira olmayman. Uning qilgan bemaza ishi meni ham butun xalqning orasida meni ham oʻshalar orasiga qoʻshib qoʻydi. Menga ham zarar beradi”, - dedi Omonulla Madayev.

Shuningdek, shifokorlar haqida gap ketganda ham domlaning bojasi bilan boʻlgan voqeani aytib berdi.    

“Komada yotgan odamga qaraydigan shifokorlar chiqib oilasiga aytibdiki – yumshoq pishirilgan goʻsht, yumshoq pishirilgan kartoshka olib keling, koʻngillari tusayapti, depti. Ularni kechirib boʻladimi ?”,- deydi domla.

 

Yangiliklar lentasi
0