Volgograddagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishKapelnitsa
Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojiaga yozgi shinada bo‘lgan Mitsubishi rusumli avtomobil g‘ildiragining yorilib ketishi sabab bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Rossiyaning Volgograd viloyatida yengil avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Mudhish YTH: Samarqandda Nexia mashinasi ekskavator bilan to‘qnashdi

Xabarda qayd etilishicha, YTH Volgograd – Moskva yo‘nalishidagi 765-kilometr trassasida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida uch nafar erkak va ikki nafar ayol kishi halok bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojiaga yozgi shinada bo‘lgan Mitsubishi rusumli avtomobil g‘ildiragining yorilib ketishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Halok bo‘lgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlangan. Ular orasida 1965-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik ayol ham bor. Uning Volgograd viloyati Mixaylovo qishlog‘ida istiqomat qilish guvohnomasi (VNJ) bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0