Mudhish YTH: Samarqandda Nexia mashinasi ekskavator bilan to‘qnashdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nexia avtomobili ekskavator bilan to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Samarqandda Nexia avtomobili Volvo rusumli ekskavator ishtirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Natijada ikki kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qildi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti. 

Hodisa joriy yilning 11-fevral kuni soat taxminan 06:00 da sodir bo‘lgan.

Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatidagi Bulung‘ur arig‘idan ayol kishining jasadi topildi

Fuqaro M.M. o‘z boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani “Jomboy-Eshimoqsoq” 4P-48 yo‘lining 11 kilometrida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro A.D.  boshqaruvidagi Volvo rusumli ekskavatorga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, Nexia rusumli avtomashina haydovchisi M.M. va yo‘lovchisi M.H.lar jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish,  odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Yangiliklar lentasi
0