Toshkentda yana 30 ta yangi avtobus aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

© Podrobno.uzAvtobusi v Tashkente
Avtobusi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keltirilayotgan avtobuslar yo‘lovchi oqimi, shuningdek, aholi talabidan kelib chiqib yo‘nalishlarga biriktiriladi.

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylariga 30 ta katta sig‘imdagi "MAN" rusumli avtobuslar olib kelindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Avtobusi v avtoparke - Sputnik O‘zbekiston
Nogironlarga avtobusga chiqishga yordam bermagan haydovchilar jazolandi

Xabarda qayd etilishicha, keltirilayotgan avtobuslar yo‘lovchi oqimi, shuningdek, aholi talabidan kelib chiqib  yo‘nalishlarga biriktiriladi. Shu tariqa harakat tarkibi yangilanib boradi.

Eslatib o‘tamiz avvalroq 2019-yil davomida “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylariga 200 tadan ziyod yangi avtobuslar keltirilishi rejalashtirilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0