Nogironlarga avtobusga chiqishga yordam bermagan haydovchilar jazolandi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishAvtobusi v avtoparke
Avtobusi v avtoparke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nogironlarga avtobusga chiqishi uchun haydovchilar pandus ishlamasligini bahona qilib uni ochmagan.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Nogiron fuqaroni avtobusga chiqishiga yordam bermagan avtobus haydovchilari jazolandi, deb xabar qilmoqda “Toshshahartransxizmat” AJ.

“Mazkur holat “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan o‘rganildi. Mas’uliyatsiz haydovchilar 10 kunlik xo‘jalik ishlariga o‘tkazildi”, -  deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 20-fevral kuni poytaxtning Shimoliy vokzal bekatida nogironligi bo‘lgan shaxs “12-avtobus saroyi”ga qarashli 62-yo‘nalishdagi hamda“1-avtobus saroyi”ga qarashli 13t-yo‘nalishida qatnovchi o‘rta sig‘imli “SAZ LE 60” rusumli avtobusga chiqmoqchi bo‘lgan.

Toshshahartransxizmat poytaxtlik haydovchilarga "Ko‘za kunida sinishini" eslatib qo‘ydi

Haydovchilar esa pandus ochilmayotganini bahona qilib, yo‘lovchini olmagan. Bu esa norozilikni keltirib chiqargan.

Kelgusida ushbu kabi holatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida haydovchilardan kafolat xatlari olindi. Ularga pandusni ishlatish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etildi.

Aytish joyiki, “Toshshahartransxizmat” avtobus haydovchilarfaoliyati OAVlarda tez-tez muhokama qilib turiladi. Afsuski, ko‘p hollarda salbiy va tanqidiy mavzularda.

Yangiliklar lentasi
0