Prezident Chortoqda turizmni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelnie raboti v parke kulturi i otdixa goroda Namangana
Stroitelnie raboti v parke kulturi i otdixa goroda Namangana  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev "Chortoq mineral water" MChJ quvvatini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi. Shishaga suv qadoqlashni yiliga 20-30 million donagacha oshirib, ularni O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar, yozgi oromgohlar, shifoxonalar, ijtimoiy dorixonalar, supermarketlarga yetkazib berish zarurligini ta’kidladi. 

TOShKENT, 1 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chortoq tumanida barpo etilayotgan "Chortoq resorts" sanatoriy-sog‘lomlashtirish markazi bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston
Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollarlik Dastur ishlab chiqildi

Sanatoriyning yod, brom, tabiiy radon va boshqa minerallarga boy shifobaxsh suvi tayanch-harakat a’zolari, yurak-qon tomir va asab tizimlari, endokrinologik va teri kasalliklarini davolashda yaxshi samara beradi. Oromgoh 230 o‘rinli bo‘ladi. 250 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Markazga ushbu ixtisosliklar bo‘yicha eng malakali shifokorlarni jalb etish, shartnoma asosida germaniyalik mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘riklar tashkil etish rejalashtirilgan.

Hozirda davolash va yotoq binolari, oilaviy dam oluvchilar uchun kottejlar, standart va lyuks xonalar bo‘ladigan mehmonxona barpo etilgan. Hovli va yo‘laklarni yoritish uchun quyosh panellari o‘rnatilgan.

Oromgohda ippoterapiya yo‘lga qo‘yiladi. Bu tayanch-harakat a’zolari va kichik tos kasalliklarini davolashga yordam beradi.  Shu maqsadda hozirda otxona, ochiq va yopiq manejlar qurilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam uskoreniya realizatsii investitsionnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Namangan viloyatidagi kamchiliklarni tanqid qildi

Shuningdek, soy suvidan samarali foydalanib, baliq yetishtirish maqsadida to‘rtta hovuz barpo etilgan. Ularda sanatoriy oshxonasi uchun baliq boqish bilan birga dam oluvchilarning baliq tutib, hordiq chiqarishi uchun ham sharoit yaratiladi.

Prezident ushbu sog‘lomlashtirish markazida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Chortoqda yana ko‘plab sanatoriylar tashkil etish, ularni arzon, o‘rta va qimmat tarzda tasniflash orqali aholining barcha qatlamlarini qamrab olish, raqobatni ta’minlash orqali xizmat narxini tushirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

"Bizning mintaqamizda yod tanqis. Shu jihatdan Chortoqning yodga boy suvi xalqimiz uchun juda foydali. Lekin bu joyni ko‘pchilik bilmaydi, ba’zilar yo‘l uzoqligidan qiynaladi. Shuning uchun mamlakatimizning hamma joyidan, birinchi navbatda, Qoraqalpog‘iston va Xorazmdan odamlarni bu yerga olib kelish kerak. Xalqimiz, ayniqsa, bolalarimizning salomatligi biz uchun eng muhimi. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ham sog‘lom zurriyod kerak", – dedi Mirziyoyev. 

Davlat rahbari "Chortoq mineral water" mas’uliyati cheklangan jamiyati quvvatini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi. Shishaga suv qadoqlashni yiliga 20-30 million donagacha oshirib, ularni O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar, yozgi oromgohlar, shifoxonalar, ijtimoiy dorixonalar, supermarketlarga yetkazib berish zarurligini ta’kidladi. 

Shu yerda Chortoq shahrini ekologik shaharga aylantirish, Jahon banki bilan hamkorlikda o‘rta shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida Chortoq markazini qayta qurish, Namangan aeroportini kengaytirish va shaharlararo avtobuslar qatnovini tartibga solish, "Har bir oila – tadbirkor" dasturi asosida aholi bandligini ta’minlash kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.   

Yangiliklar lentasi
0