Mirziyoyev Namangan viloyatidagi kamchiliklarni tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam uskoreniya realizatsii investitsionnix proyektov
Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam uskoreniya realizatsii investitsionnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va rezervlar to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

TOShKENT, 1 mar - Sputnik. Namangan shahrida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yig‘ilish boshlandi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, yangi vazifalarni belgilab bermoqda.

“O‘tgan yili qanday natijalarga erishdik, odamlar hayotida nimalar o‘zgardi, degan savol hammamizni qiynashi kerak. Bu savollarga javob topish uchun har kuni izlanishimiz, zamon talablarini o‘rganib, ilm bilan, aql bilan mehnat qilishimiz zarur. Shunda iqtisodiyotimiz raqobatbardosh bo‘ladi. Nima degani raqobatbardosh? Chet elda bozor topish, dunyoga munosib bo‘lish degani. Qachon munosib bo‘ladi? Ilg‘or texnologiya bo‘lsa, ularni ishlata oladigan yoshlarimiz bo‘lsa, sifat bo‘lsa”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, yangi vazifalarni belgilab bermoqda.
Mirziyoyev Namangan viloyatidagi kamchiliklarni tanqid qildi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, yangi vazifalarni belgilab bermoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda 2018-yilda umumiy qiymati 1,8 trillion so‘m bo‘lgan 577 ta ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari ishga tushirilgani, investitsiyalar hajmi 1,7 barobarga oshgani qayd etildi. 

Shu bilan birga, Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va rezervlar to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. O‘tgan yili yalpi hududiy mahsulot o‘sishi respublika ko‘rsatkichidan 2 barobar past bo‘lgani, qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaygani tanqid qilindi, deyiladi xabarda.

Namanganliklar hayajonda: Mirziyoyev kortejni to‘xtatib, xalq ichiga kirib bordi

Eslatib o‘tamiz, shu kunlar O‘zbekiston rahbarining Namangan viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Mirziyoyev yangi loyihalarni belgilash maqsadida Namanganga jo‘nab ketdi

Yangiliklar lentasi
0