Qirg‘iziston yangi xavfli o‘yin bilan kurashmoqda - Toshkentda hamma ogohlantiriladi

© Sputnik/Tabildi KadirbekovV Bishkeke borutsya s novoy opasnoy igroy dlya podrostkov - Tashkent vstrevojen
V Bishkeke borutsya s novoy opasnoy igroy dlya podrostkov - Tashkent vstrevojen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oxirgi vaqtlarda o‘smirlar yo‘qolishi holatlari ko‘paydi. Ayrimlar bir ikki kundan so‘ng topilmoqda.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Bishkek maktablarida ota-onalar o‘smirlar uchun internetda tarqalayotgan yangi o‘yin haqida ogohlantirilmoqda. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Varenoe yayso - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qirg‘izistonga "rezina" tuxum yetkazib berilgani haqidagi xabarni rad etdi

Yangi o‘yin “48 soatga yo‘qolib qol” (Ischezni na 48 chasov) deb nomlanadi.

Uning qoidasiga ko‘ra, ishtirokchi o‘z telefonini o‘chirib, ota-onalar qidiruvga berishi uchun ikki kunga yo‘qolib qolishi kerak.

Internetda yoki OAVlarda ishtirokchi yo‘qolishi haqida xabar paydo bo‘lsa unga ball beriladi.

Bishkek meriyasi ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Saule Meyrmanovaning so‘zlariga ko‘ra, butun shahar bo‘ylab bolalar va ota-onalar xavfli o‘yin haqida ogohlashtirish ishlari olib borilmoqda.

“Ota-onalar farzandlariga ko‘proq e’tibor berishlari kerak. Ular bilan suhbatlashib, mobil telefonlarni tekshirishlari zarur. Bu o‘yin “Ko‘k kit” o‘yinini eslatadi. Biz Bishkekning barcha maktablarda yig‘ilishlar o‘tkazilib, ota-onalar ogohlantirildi”, - dedi Meyrmanova.

Ushbu o‘yin tarqalishi haqida ma’lumotni Bishkek shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida ham tasdiqlashdi.

So‘nggi vaqtlarda o‘smirlar yo‘qolishi holatlari ko‘paydi. Ayrimlar bir ikki kundan so‘ng topilmoqda.

Toshkent IIBB matbuot xizmati poytaxtda bunday holatlar qayd etilmagani ma’lum qildi. Biroq Qirg‘iziston tajribasidan kelib chiqqan holda IIBB xodimlari ota-onalarni ogohlantirib,tegishli profilaktika chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0