Sud sobiq prezident Atambayevga siyosatchilarga 100 ming somdan to‘lash majburiyatini yukladi

Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonlik siyosatchi va jamoat arboblari sobiq davlat rahbari “Aprel” telekanaliga bergan intervyusi davomida go‘yoki ularga tuhmat qilgani sababli o‘z noroziliklarini izhor etishdi.

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Bishkek shahar Oktabrsk tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev uch nafar siyosatchiga 100 ming somdan (1435 dollar) to‘lashi kerakligi to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Mi chto, lyudi vtorogo sorta? — video kritiki Atambayeva v adres missii OBSE - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda sobiq prezident Atambayev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Qirg‘izistonlik siyosatchi va jamoat arboblari Ahmatbek Keldibekov, Azimbek Beknazarov va Keneshbek Duyshebayev sobiq davlat rahbari “Aprel” telekanaliga bergan intevyusi davomida go‘yoki ularga tuhmat qilgani sababli o‘z noroziliklarini izhor etishdi. Shuningdek, telekanal ham javobgar sifatida ko‘rsatilgan edi. Har bir da’vogar unga 3 million somdan  – jami 18 million som to‘lashlarini talab qilishgan edi.

Qayd etilishicha, bugun, 28-fevral kuni da’vogarlar himoyachisi sudda Atambayev OAV yordamida ularning obro‘-e’tiboriga tuzatib bo‘lmaydigan putur yetkazganini ma’lum qildi. Sobiq prezidentning advokati Kantemir Turdaliyev 2018-yil 10-dekabrdagi intervyuda mazkur siyosatchilarga nisbatan hech qanday tuhmat yoki faktlarni buzib ko‘rsatish holatlari bo‘lmaganini qayd etdi.

Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasining rasmiy vakili Kunduz Jolbuayeva sud qarori tomonlar hozircha topshirilmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, qaror ustidan shikoyat keltirish-keltirilmaslik ham ma’lum emas.

Yangiliklar lentasi
0