Qirg‘izistonda sobiq prezident Atambayev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Obuna bo‘lish
Qirg‘izistoning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Qirg‘izistoning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, ushbu ma’lumotni Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayev payshanba kuni jurnalistlarga ma’lum qilgan.

“Agar sudda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki shamali ko‘rsatmalar yangrasa, u jinoiy javobgarlikka tortiladi, jinoiy ishlar qo‘zg‘atamiz”, - dedi Xavfsizlik kengashi kotibi press-konferensiyada.

Biroq Saginbayev ta’kidladiki, agar mamlakat parlamenti tomonidan “daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida tegishli qonunlar” qabul qilinsagina, shunday bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga u sudga yuborilgan jinoiy ishlarning ko‘pida sobiq yuqori lavozimli amaldorlar nomlari borligini eslatib o‘tdi.

Azmazbek Atambayev Sharshenovich 2011-yil 1-dekabrdan 2017-yil 24-noyabrgacha Qirg‘iziston prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.

Yangiliklar lentasi
0