TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Qirg‘izistonda 2018-yilda eshaklar soni kamaydi. Bu haqda Qirg‘iziston statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Xabarda aytlishicha, respublikada eshaklar 4,2 mingga kamaydi.
Qirg‘izistonda qo‘y, echki, ot, mol, quyon, tuyalar miqdori ko‘paydi. Shuningdek, tovuqlar soni ham ko‘paydi (6 million).
Qirg‘iziston statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan raqamlarga qaraganda, respublikada cho‘chqa va eshaklar soni kamaydi. 2017-yilda ularning soni 33 mingdan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yili 29 mingga kamaydi. Cho‘chqalar soni 900 ga kamaydi.
O‘tgan oyda Qirg‘izistondan 11 tonna eshak terilari olib chiqishga urinish holatining oldi olindi.