Namanganda velosiped va motosikllar ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi

Obuna bo‘lish
Kelgusida “Norin Moto Bike” MChJ korxonada motosikllar, tritsikllar, skuterlar va mopedlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. “O‘zavtosanoat” AJ 27-fevral kuni Namangan viloyatining Norin tumanida velosiped ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Mazkur korxonani tashkil etish bo‘yicha Kelishuv “O‘zavtosanoat” AJ va “Lifan Group Co.Ltd” kompaniyasi tomonidan imzolangan. “Lifan Group Co.Ltd” kompaniyasi ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Liniya po testirovaniyu gotovix akkumulyatorov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda gelli akkumulyatorlar ishlab chiqariladi

Korxonada dastlab ishlab chiqarish hajmi yiliga 150 mingni tashkil qiladi. Bosqichma-bosqich mazkur ko‘rsatkich oshib borish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsion dasturiga kiritilgan bo‘lib, uning doirasida mamlakatga 200 ming AQSh dollar investitsiya jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.

Xabarda qayd etilishicha, kelgusida “Norin Moto Bike” MChJ korxonada motosikllar, tritsikllar, skuterlar va mopedlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’kidlanishicha, yangi zavod hozirda 150 dan ortiq mahalliy aholini ishga joylashtirish imkonini beradi, kelgusida ish o‘rinlarini 500 taga yetkazish rejalashtirilgan

Yangiliklar lentasi
0