O‘zbekistonda gelli akkumulyatorlar ishlab chiqariladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLiniya po testirovaniyu gotovix akkumulyatorov
Liniya po testirovaniyu gotovix akkumulyatorov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gelli akkumulyatorlar uzuluksiz energiya manbaalari, elektromobillar va quyosh energetikasi sohalarida keng foydalaniladi.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. “O‘ZIKKILAMChIRANGLIMETALL” AJ - O‘zbekiston ikkilamchi rangli metall aksiyadorlik jamiyati gelli akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi zavod ochadi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati Sputnik tahririyatiga.

Liniya po testirovaniyu gotovix akkumulyatorov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sanoat akkumulyatorlarini ishlab chiqarish zavodi quriladi

Yangi korxonaning umumiy qiymati 5 million dollardan ortiq bo‘ladi. Yangi korxona Milliy bank va korxona mablag‘lari hisobidan kreditlashtiriladi. Bugungi kunda qurilish montaj ishlari olib borilmoqda, texnologik uskunalarning asosiy qismi olib kelingan. 

Gelli akkumulyatorlarning ustunliklaridan biri bu – ularning qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyatorlarga nisbatan uzoq xizmat qilishidir. Odatda gelli akkumulyator 10-yil ishlaydi. Undan tashqari gelli akkumulyatorlar ichida suyuqlik bo‘lmagani tuyfali ular vibratsiya va zarbalarga chidamli bshladi. Hatto shikastlangan taqdirda ham ichidan hech narsa oqib chiqmaydi.

Quyosh energiyasini jamlovchi elektr stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
G‘ofur G‘ulom bog‘i tunda quyosh energiyasi yordamida yoritiladi

Ikkilamchi rangli metallar korxonasining istiqbolli rivojlanish bo‘yicha direktori Aleksandr Babayans aytishiga qaraganda, kelajakda ushbu akkumulyatorlar uzuluksiz energiya manbaalari, quyosh energetikasi hatto elektromobillar bozoriga ham chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “O‘ZIKKILAMChIRANGLIMETALL” AJ Markaziy Osiyoda rangli metallarni qayta ishlovchi yagona korxonadir. 2018-yilning sentabr oyida korxonaning davlat ulushi xorijiy kompaniyaga ishonchli boshqarishga berilgan edi.

SFI Management Group nomli xorijiy kompaniya kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarderlar oilasiga qarashlidir. Bugungi kunda u O‘zbekistonda bir necha iqtisodiy mushkul holdagi kompaniyalarni boshqarmoqda. Xususan, Olmaliq tog‘-kon majmuasi, O‘rtachirchiq parranda fermasi, “Paxtakor” stadioni kabi obyektlarga sarmoya kiritish hamda ularning iqtisodiy holatini yaxshilash bilan shug‘ullanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0