Gorilla libosida xonadonlar derazasidan poylab, qamoqqa tushdi

© Ramil SitdikovZaklyuchenniy za reshetkoy
Zaklyuchenniy za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiyani ko‘rib qolgan "maymun" uylarning biriga qochib kirib, matras tagiga berkinib olgan. Politsiyachilar uni darhol topib, hibsga olganlar.

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Gorilla libosida o‘zgalar xonadoni oynasidan poylagan erkak, qamoqqa olindi, deb xabar qildi Associated Press.

Samka obezyani derjit na rukax mertvogo detenisha - Sputnik O‘zbekiston
Ona maymun o‘z bolasi o‘limiga ishonmadi – yurakni ezuvchi video

Xabarda aytilishicha, Amerikaning Luiziana shtati Salfer shahrida o‘zga xonadonlarda poyloqchilik qilgan erkak qo‘lga olingan.

"Odamlar politsiyaga murojaat qilib, ko‘chada bir erkak daydib yurgani va u o‘zgalar xonadonida poyloqchilik qilayotganini aytishgan. Chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan huquq posbonlari aytilgan joyda gorilla libosidagi erkakni aniqlaganlar", - deyiladi xabarda.

Politsiyani ko‘rib qolgan "maymun" uylarning biriga qochib kirib, matras tagiga berkinib olgan. Politsiyachilar darhol uni topib, hibsga olganlar.

Gumondorga politsiyaga qarshilik ko‘rsatish, xonadonga ruxsatsiz bostirib kirish, narkotiklarni saqlash, shuningdek, niqob taqish bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingan. Luiziana shtatida faqatgina diniy marosimlar va bayramlarda niqob taqishga ruxsat beriladi. Boshqa holatlarda bu harakat uchun 3-yilgacha qamoq jazosini olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0