BMT Qoraqalpog‘istonda yaylovlar yaratish uchun traktorlar sovg‘a qildi

Karakalpakstan obzavelsya novoy selskoxozaystvennoy texnikoy
Karakalpakstan obzavelsya novoy selskoxozaystvennoy texnikoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi Qoraqalpog‘istonda 10ta yaylov kooperativlari tashkil etishni rejalashtirshgan.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. BMT Taraqqiyot dasturi Qoraqalpog‘iston O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga, Gidrometeorologiya xizmati va yaylovlar hududini boshqarish kooperativ hamjamiyatiga qishloq xo‘jaligi uskunalari va texnikasini topshirdi, deb xabar qilmoqda missiya matbuot xizmati.

“Topshirilgan traktorlar, hamda oldinroq olib kelingan daraxt o‘tqazish mashinalari, yuqori tuproq qatlamiga ishlov beruvchi pluglari, zovur qazgichlar, tuproqni chuqur yumshatgichlar va boshqalar Orol dengizining qurigan tubida daraxt o‘tkazish va meliorativ ishlarini bajarishda va yaylovlar unumdorligini saqlash va yaxshilash uchun ishlatiladi”, - deyilgan xabarda.

Texnik uskunalarni 27-fevral kuni Nukusda BMT Taraqqiyot dasturining Doimiy vakili lavozimini vaqtincha bajaruvchi Levan Buadze topshirdi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi - qurg‘oqchilikning ta’siriga eng duchor bo‘ladigan  O‘zbekiston hududlarida iqlim o‘zgarishlariga chidamli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va chorvachilik xo‘jaliklarini yaratishdan iboratdir. Loyihaning namunaviy hududlari Qoraqalpog‘istonda joylashgan. 

Loyihaning ko‘magida, landshaft darajasida iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlar sifatida Qoraqalpog‘istonda ilk marotaba 10ta yaylov kooperativlari tashkil etildi.

Aziatskiy bank razvitiya  - Sputnik O‘zbekiston
OTB Qoraqalpog‘iston suv ta’minoti tizimi uchun 145 million dollar ajratadi

Qishloq jamoalarida yaylov chorvachiligini tashkil etish, yaylovlarni samarali boshqarish va degradatsiyaga duchor bo‘lgan yerlarni yaxshilash ularning asosiy vazifasi hisoblanadi. Kegeyli, Taxtako‘pir, Chimboy, Qonliko‘l va Muynoq tumanlaridagi kooperativlar faoliyatiga 43455 nafar odam jalb qilingan.

Kooperativlarni yaratish yangi ish o‘rinlarini va qurg‘oqchilikning yuqori xatari bo‘lgan sharoitlarda mahalliy hamjamiyatlarni barqarorligini ta’minlash maqsadida bilimlar va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha ishlarni bajarish imkonini berdi.

Marosim doirasida kooperativ hamjamiyatlar vakillariga yem-xashak bazasini mustahkamlash uchun traktorlar, o‘roq, hashakni yig‘ib oluvchi mashinalar, degradatsiyaga duchor bo‘lgan yaylovlarni tiklash va unumdorligini oshirish maqsadida liman usulida sug‘orishni ta’minlash uchun suv nasoslari taqdim etildi.

Yangiliklar lentasi
0