Putin jurnalistga: "Sizni qaysi mamlakatdagi prezidentlik saylovi qiziqtirmoqda?"

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin kelgusi yilda Rossiyada muddatdan oldingi prezident saylovi bo‘lib o‘tishi mumkin, lekin maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidladi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. The Wall Street Journal jurnalisti Vladimir Putinga kelgusi yilda muddatdan oldingi prezident saylovlari o‘tkaziladimi, deya savol berdi.

Rossiya prezidenti muxbirning savoliga savol bilan javob qaytardi.

"Qaysi mamlakatda?", — dedi Putin.

Zalda kulgi ko‘tarildi.

AQSh bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
AQShdan Putinga javob: Amerika armiyasi "insoniyat tarixidagi eng yaxshi armiya"
Putin shundan so‘ng Rossiyada kelgusi yilda muddatdan oldingi prezident saylovi bo‘lib o‘tishi mumkin, lekin bu maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidladi.

Putin shu yerda Rossiya har qanday tajovuzkordan kuchliroq ekanligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

"Rossiya yangi suvosti kemalarini va samolyotlarni qurmoqda", dedi Putin.

"Ha, to‘g‘ri, AQShning qurol-aslahasi ko‘proq bo‘lishi mumkin, Rossiya bu borada garov bog‘lamaydi. Lekin shunday bo‘lsa-da, Rossiya har qanday tajovuzkordan kuchliroq", — deya qayd etdi Rossiya yetakchisi.

Shundan so‘ng, AQSh Davlat Departemanti nega o‘z armiyasi bilan maqtanishga tushganini tushunmayotganini aytdi.

"Rossiya kim kuchli mavzusida hech kim bilan surishmagan edi", — deb aytdi Putin.

Yangiliklar lentasi
0