O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘lchilari Pokiston portlariga chiqishni muhokama qilishdi

© Press-slujba "Uzbekiston temir uyllari"Kazaxstan i Uzbekistan obsudili vzaimodeystvie v jeleznodorojnoy sfere
Kazaxstan i Uzbekistan obsudili vzaimodeystvie v jeleznodorojnoy sfere - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘lchilari o‘zaro chegirma va preferensiyalar haqida kelishib olishdi.

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida “Kazakstan temir joli” milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Kanat Al’magambetov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda jamiyat matbuot xizmati.

Teplovoz s gruzovimi vagonami - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda MDH temiryo‘l transporti rahbarlari o‘zaro hamkorlikni muhokama qilishmoqda

Uchrashuv davomida tomonlar tranzit, yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha hamda davlatlar o‘rtasidagi xalqaro temir yo‘l tutashuv punktlari orqali yuk qabul qilish va jo‘natish masalalarini tahlil etishdi.

Shu bilan birga 2019-yilda amalga oshirilish ko‘zda tutilgan rejalar xususida fikr almashildi. Ayniqsa, yuk konteynerlari orqali tashuvlar hajmini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro ikki davlat temir yo‘l tizimlari o‘rtasida preferensiyalar va chegirmalarni taqdim etish shartlari ham muhokamalar markazida bo‘ldi. 

Yuk vagonlarining nazorati, ularni o‘z vaqtida qaytarish, yangi yo‘nalishlarda yuk tashish xizmatini joriy qilish masalasida ham so‘z yuritildi. Yig‘ilishda Afg‘oniston Islom Respublikasi orqali Pokiston portlariga chiqishni tashkil etish masalalari ham muhokama etildi.

 

Yangiliklar lentasi
0