Samarqandda qalbaki aviachiptalarni sotgan firibgar ustidan sud hukmi o‘qildi

© Sputnik / Vitaliy AnkovPokupka aviabileta
Pokupka aviabileta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvaliga firibgar "Toshkent-Tumen" reysiga har biri 352 AQSh dollari evaziga ikkita "aviachipta" sotgan. Shundan so‘ng, u Nyu-Yorkga yana uchta "elektron chipta"ni pullagan

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Samarqandda bir xonani ijaraga olib, soxta aviakassani ochib qalbaki aviabiletlarni sotgan firibgar ustidan sud hukmi o‘qildi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.

Migranti na rabote v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi tomonidan yuborilgan 53 fuqaro Rossiyada ishsiz qoldi - OAV
Aniqlanishicha, Fattoh Anorov (ismi o‘zgartirilgan) ofisga kirishda "Aviakassa" yozuvli peshlavha o‘rnatgan, xonaga stol-stul, kompyuter va boshqa zarur jihozlarni joylashtirgan, deb yozadi Samarqand transport prokuraturasi tergovchisi Mirsaid Jo‘rayev "Jamiyat va qonun" gazetasiga bergan maqolasida.

Avvaliga firibgar "Toshkent-Tumen" reysiga har biri 352 AQSh dollari evaziga ikkita "aviachipta" sotgan. Shundan so‘ng, Nyu-Yorkga yana uchta "elektron chipta"ni pullagan. Ertasiga "Samarqand-Moskva" yo‘nalishiga ikkita, "Toshkent-Istanbul" aviareysiga bitta soxta chipta sotgan.

Chipta olganlar aeroportga borgachgina qo‘llaridagi aviachiptalari soxta ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Toshkent aeroportidan Samarqandga qaytganlar firibgarni topa olishmagan.

Nashr xabariga ko‘ra, Fattoh Anorov qo‘lga olingach, barcha qilmishlarini tan oldi. Sud Anorovni uch yilu uch oyga ozodlikdan mahrum etgan. Shuningdek, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar undan undiriladigan bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0