Olimlar tuzning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar

© REUTERS/Darrin Zammit LupiJenshina podmetayet sol
Jenshina podmetayet sol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Munxen Texnika universiteti (Germaniya) olimlari atopik dermatit - surunkali allergik kasalligiga chalingan bemorlarning teri namunalarini tahlil qilishdi.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Inson organizmida osh tuzining cho‘kindisi allergik reaksiyalar rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bu haqda RIA Novosti MedicalXpress nashriga tayanib xabar qildi.

Munxen Texnika universiteti (Germaniya) olimlari atopik dermatit - surunkali allergik kasalligiga chalingan bemorlarning teri namunalarini tahlil qilishdi. Tahlil natijasida terining kasallangan qismlarida natriy darajasi normadan 30 barobar yuqori ekanligini aniqlashdi.

Jertva nasiliya. Illyustrativnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Shifokorlar depressiyadan xalos bo‘lishning oddiy usulini ma’lum qilishdi

Mutaxasssislarning ta’kidiga ko‘ra, natriy xloridi T-hujayralarni interleykin-4 (IL-4) va interleykin-13 (IL-13) oqsillarini yuqori miqdorda ishlab chiqishga majburlaydi. Ushbu bog‘lanishlar inson organizmida muhim o‘rin tutadi, biroq,  haddan ortiq miqdor teri yallig‘lanishi kasalliklarini tez sur’atda rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Qayd etilishicha, T-hujayralariga natriy xlorid ta’sir o‘tkazishi to‘xtatilishidan so‘ng allergik reaksiyalar sezilarli ravishda pasayadi.

Yangiliklar lentasi
0