Qashqadaryodagi GTL zavodiga ulkan o‘lchamli uskunalar olib kelinmoqda

© MinEnergoOborudovanie dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti
Oborudovanie dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda og‘irligi 550 va 350 tonna bo‘lgan ulkan qurilmalar O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tib Qoraqalpog‘iston hududida harakatlanmoqda.

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Qashqadaryo viloyati hududida qurilayotgan GTL loyihasi uchun katta o‘lchamli uskunalar olib kelinmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston energetika vazirligi matbuot xizmati.

Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi modernizatsiya qilinadi

GTL zavodi gazni chuqur qayta ishlash natijasida undan sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarish imkonini beradi. Xususan, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida olingan tabiiy gazga chuqur ishlov berish orqali kerosin, dizel yoqilg‘isi, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.

Mazkur zavod har yili 1,5 million tonnadan ortiq yuqori sifatli, Yevro 5 standartiga mos bo‘lgan sintetik suyuq yoqilg‘i, shu jumladan, 743,5 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 311 tonna avia kerosin, 431 ming tonnadan ortiq nafta, 50 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.

© MinEnergoOborudovanie dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti
Qashqadaryodagi GTL zavodiga ulkan o‘lchamli uskunalar olib kelinmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Oborudovanie dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti

Ayni damda ikkita yirik o‘lchamli texnologik uskunalar O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tib Qoraqalpog‘iston hududi orqali Qashqadaryo viloyatiga kelmoqda.

Uzbekneftegaz realizuyet krupniy investitsionniy proyekt Uzbekistan GTL - Sputnik O‘zbekiston
Nasriddinov: Uzbekistan GTL qishloq xo‘jaligi va aviatsiya taraqqiyotiga xizmat qiladi

Og‘irligi 550 tonna, uzunligi 39 metr va diametri 6,9 metrga teng hamda og‘irligi 350 tonna va uzunligi 25 metr bo‘lgan ushbu qurilmalar bunyod etilayotgan zavodning sintetik suyuqliklarni ishlab chiqarish sexida qo‘llaniladi.

GTL loyihasi ayni damda yakunlovchi bosqichga o‘tgan. Qurilish maydonchasiga 5 ming nafardan ortiq ishchi, quruvchi va muhandis safarbar etilgan, 500 dan ziyod qurilish va maxsus texnika jalb qilingan.

O‘zbekistonda barpo etilayotgan GTL zavodi uchun dunyoning 24 mamlakatidagi 129 ta zavodda jami 11 mingdan ziyod texnologik uskunalar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda qurilish maydonchasiga yuqori texnologik va yirik o‘lchamli uskunalar yetkazib berish amalga oshirilmoqda.

© MinEnergoOborudovanie dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti
Qashqadaryodagi GTL zavodiga ulkan o‘lchamli uskunalar olib kelinmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Oborudovanie dlya zavoda GTL v Kashkadarinskoy oblasti
Yangiliklar lentasi
0