Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi modernizatsiya qilinadi

© Sputnik / Sergey Krasnouxov / Mediabankka o‘tishSuyultirilgan gaz ishlab chiqarish
Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekneftegaz Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini 500 mln dollarga modernizatsiya qilish rejasini ishlab chiqdi. Natijada korxonaning polietilen ishlab chiqarish quvvati 140 ming tonnadan 200 ming tonnaga yetkiziladi.

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. "O‘zbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining modernizatsiya qilish rejasini ishlab chiqdi, deb xabar qilishdi Sputnik muxbiriga.

Ekspertlar baholashiga qaraganda, tadbir qiymati 500 mln dollarga yaqin bo‘lib, uning natijasida korxonada yillik polietilen ishlab chiqarish hajmi 140 ming tonnadan 200 ming tonnaga yetkiziladi.

Korxona mutaxassislari va O‘zbekiston ilmiy tadqiqot institutlari olimlari bilan birgalikda korxonani to‘liq qayta jihozlash o‘rniga, gaz ishlab chiqarish hajmi o‘zgartirmagan holda polietilen ishlab chiqarish hajmini oshiradigan modernizatsiya shaklini ma’qullashdi.

“Bugungi kunda biz loyihani amalga oshirishning faol bosqichiga kirishdik, ya’ni bizning mutaxassislar tadqiqotlar o‘tkazib, korxonadagi xom ashyo zahiralari yangi loyihaning butun davriga yetarli ekanini tasdiqlashdi. Keyin esa, ekspertlar guruhi ishlab chiqariladigan tayor mahsulot uchun, uchun jahon bozoridagi vaziyatni o‘rganib chiqishdi. Undan tashqari, qo‘shni mamlakatlarda eng talabgir bo‘lgan polimer mahsulot turlari ham o‘rganib chiqildi”, — dedi soha vakili.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Sho‘rtan majmuasi quvvatlarini yangilash borasida Koreyaning GS E&C kompaniyasi bilan o‘zaro tushunish memorandumi imzolagan edi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi 2001-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, ushbu davr mobaynida korxona 630 ming tonna polietilen ishlab chiqardi. Korxona mahsuloti 15 mamalkatga eksport qilinadi. Ular orasida Rossiya, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Polsha, Italiya va boshqalar bor. Korxona har yili 4 mlrd kubometr gaz xom-ashyosini qayta ishlab 3,5 mlrd metr kub metan gazi, 125 ming tonna polietilen granulasi, 100 ming tonna suyultirilgan gaz, 100 ming tonna gaz kondensati, 1,5 ming tonna oltingugurt granulasi va 2,5 ming tonna tayor quvur va ularni tutashtiruvchi qismlar ishlab chiqarishga qodir.

Yangiliklar lentasi
0