Hamisha navqiron: Yoshlikni uzaytirishi mumkin bo‘lgan o‘simlik topildi

© Sputnik / Tomas Txaysuk / Mediabankka o‘tishSbor i pererabotka chaya v Abxazii
Sbor i pererabotka chaya v Abxazii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyada qarishni oldini olishi mumkin bo‘lgan o‘simlik topildi.

TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Avstriyalik olimlar haqiqatdan ham qarish jarayonini sekinlantirish mumkinligini isbotlashdi. Tadqiqot matni Nature jurnalida e’lon qilindi.

Molodie lyudi tansuyut na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Yosh bo‘lish siri: olimlar qanday odamlar sekin qarishini aniqladilar

Ta’kidlanishicha, biologlar Yaponiyada o‘suvchi ko‘p yillik ashitaba o‘simligi yoshlikni uzaytirishi mumkinligini aniqlashdi.

Olimlar pashsha, qurt va sichqonlar ustida sinov o‘tkazishadi. Tajriba o‘simlik tarkibida bo‘lgan 4,4-dimetoksixalkon (DMC) modda tufayli pashsha va qurtlar hayotini 20 foizga uzaytirishga muvaffaq bo‘linganligini ko‘rsatdi.

O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, o‘simlik barglari organizmga “oqsil chiqindisi”ni tezroq qayta ishlashga ko‘maklashuvchi maxsus molekulalar ajratishi aniqlangan.

Yaqin kelajakda olimlar ushbu o‘simlik insonlarni qarishdan himoya qilish qilmasligini tekshirish maqsadida tajriba o‘tkazishmoqchi.

Ko‘p yaponlar ashitabani (yaponchadan so‘zma-so‘z “ertangi barg” deb tarjima qilinadi) o‘z bog‘larida o‘stirishadi. Ashitaba sabzi va seldereyning uzoq urug‘doshi hisoblanadi. Ushbu o‘simlik Yaponiya oshxonasida va kasallikni davolashda keng qo‘llaniladi.

Yangiliklar lentasi
0