Malayziya muftiysi O‘zbekistonning ziyorat turizmi bo‘yicha elchisiga aylandi

© MID UzbekistanaMuftiy malaziyskogo shtata Perlis Moxd Asri Bin Zaynul Abidin naznachen poslom ziyorat-turizma Uzbekistana
Muftiy malaziyskogo shtata Perlis Moxd Asri Bin Zaynul Abidin naznachen poslom ziyorat-turizma Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elchi Facebook᾽da 1,1 milliondan ortiq obunachilarga ega va ijtimoiy tarmoqlarda faol ravishda sayyohlarni O‘zbekistonga tashrif buyurishga undamoqda.

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tashabbusi bilan Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Mohd Asri bin Zaynul Abidin O‘zbekistonning faxriy ziyorat turizm elchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Turisti-palomniki iz  Malayzii i Indonezii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston malayziyaliklar uchun ziyorat turlarini ishlab chiqmoqda

2019 yil 21−23 fevral kunlari Buxoroda o‘tkazilgan Birinchi xalqaro ziyorat turizmi bo‘yicha forumda O‘zbekiston tarixida birinchi marta unga elchilik sertifikati taqdim etildi.

Faxriy elchi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonni sayyohlar uchun jozibali yo‘nalish sifatida faol ravishda targ‘ib etmoqda, shuningdek, O‘zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlik guruhlariga malayziyalik islom olimlarni doimiy ravishda jalb qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0