TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Malayziyani mamlakatning ziyorat turizmi borasidagi salohiyati bilan tanishtirdi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.
Malayziyaga rasmiy tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakat tarixiy va madani yodgorliklari haqida batafsil ma’lumt berdi.
Bundan tashqari, uchrashuv qatnashchilari O‘zbekistonda Malayziya va Indoneziya fuqarolari uchun maxsus “ziyorat turlari” ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Buxoro va Samarqand viloyatlarida turizm infratuzilmasining rivojlanishi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi haqidagi ma’lumotlar qatnashchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi.