TOShKENT, 23 fev - Sputnik. 2019-yil 19-fevraldan Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalaridan kiritiladigan mahsultlarga fitosanitar normalari ko‘rinishida cheklovlarni joriy etdi, deb xabar qildi Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot-xizmati.
Xususan, Qozog‘iston O‘zbekiston anorini, Qirg‘iziston kartoshkasi (urug‘ligini ham), olmasini va xurmosi kiritilishiga ta’qiq qo‘ygan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalaridan kiritilayotgan mahsulotlar, xususan, olma, xurmo hamda anorda Komstoka zararkunandasi, kartoshkada esa oltinrang kartoshka nematodasi singari karantin obyektlari aniqlanishi holatlari ko‘plab uchramoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan oxirgi oyda 2 holatda Komstoka qurti bilan zararlangan anorlarni olib kirish holati ro‘yxatga olingan.