Mirziyoyev AQSh va Yevropaga meva-sabzavotlarni eksport qilish haqida topshiriq berdi

© Sputnik / /StringerMejdunarodnaya plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente
Mejdunarodnaya plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari elchilar bilan birgalikda xorijiy davlatlardagi bozor talablari va buyurtmalarni aniqlab, eksport shtablariga muntazam taqdim etib boradi.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yashil yo‘lak” tizimini orqali meva-savbzavotlarni AQSh va Yevropa bozoriga eksport qilish haqida topshiriq berdi. 

“Meva-sabzavot mahsulotlari eksportorlariga yengillik yaratish maqsadida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Boltiqbo‘yi davlatlari bilan “Yashil yo‘lak” tizimini joriy qilish, karantin xizmatlaridan belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, AQSh va Yevropa bozoriga kirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Xabarda aytilishicha, Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari elchilar bilan birgalikda xorijiy davlatlardagi bozor talablari va buyurtmalarni aniqlab, eksport shtablariga muntazam taqdim etib boradi.

Hududlarga biriktirilgan elchilar hokimliklarga tashqi bozorlarda xaridor topish hamda mahalliy korxonalarni xorijiy davlatlardagi ko‘rgazmalarga yuborishga ko‘maklashadi.

Yangiliklar lentasi
0