Siyosat

"Putin telefonimni koʻtarmayapti": Poroshenko arz-dod qilishga tushdi

© Sputnik / Aleksey VitvitskiyPrezident Ukrainы Petr Poroshenko
Prezident Ukrainы Petr Poroshenko - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ukraina yetakchisining soʻzlariga koʻra, Rossiya prezidenti bilan faqatgina "poʻpisa nuqtai-nazaridan" muloqot qilish mumkin

TOSHKENT, 23 fev – Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko juma kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin uning telefon qoʻngʻiroqlariga javob bermayotganini aytib, arz qildi.

Prezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora s patriarxom konstantinopolskim Varfolomeyem iz svoyey rezidentsii v Ankare - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kreml aloqada: Putinning telefonini eshitish mumkinmi?

Poroshenkoning soʻzlariga koʻra, u Ukraina tomonidan Kerch boʻgʻozida amalga oshirilgan provokatsiyadan soʻng, hodisa sababini aniqlashtirish uchun Putinga tinimsiz qoʻngʻiroq qilgan, ammo barcha harakatlari behuda ketgan. Ukraina prezidenti bu holatni rossiyalik hamkasbining ushbu harakatlariga izoh berar ekan, "aytarga gapi yoʻq boʻlsa kerak", deb taxmin qilgan.

Putin oʻtgan yil dekabr oyi boshida Kiyev tomonidan uyushtirilgan fitnadan keyin Poroshenko unga telefon qilganini, ammo u bu qoʻngʻiroqqa javob qaytarmaganligini aytgan. 

"Gap men oʻzimni tortayotganimdamas, shunchaki Petr Alekseyevich bilan gaplashishni istamamayman. <…> Gap shundaki, men uning saylov kampaniyasida ishtirok etgim yoʻq", - deya izohlagan oʻz hatti harakatlarini Putin.

Rossiya yetakchisining aytishicha, Ukraina prezidenti sunʼiy tarzda inqirozli va fitnali holatlarni yaratmoqda va shu onning oʻzidayoq barcha aybni Moskvaga agʻdarmoqda, kamiga, boʻlib oʻtgan hodisadan soʻng "yuzaga klegan muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga tirishayotganini namoyish qilmoqda".

Poroshenko poʻpisa qilishni taklif etmoqda

"Meni fikrimcha Putin bilan faqat tahdid nuqtai-nazaridan gaplashish mumkin", - deb aytgan u amerika telekanaliga bergan intervyusida.

Yejegodnoye poslaniye prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Yevropada qurol joylashtirsa, Rossiya oʻz raketalarni AQShga yoʻnaltiradi - Putin

Muloqot faqatgina yetarli darajadagi kuchli global koalitsiya, hamda "favqulodda samarali" sanktsiyalar ish berganida taʼsirli boʻladi, deya qoʻshimcha qilgan Poroshenko.

Ukraina yetakchisi AQSH Oq uyi cheklov choralari borasida hamda Ukrainaga tanklarga qarshi Javelin raketa majmuasini yetkazib berib, "juda aʼlo ishni amalga oshirayotganini" taʼkidlagan.

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti NATOni Qora dengizdagi ishtirokini kuchaytirishga chorlagan va Shimoliy alyans Harbiy dengiz kuchlari vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bergan boʻlardi, deb aytgan.

Kerch boʻgʻozidagi hodisa

Oʻtgan yilning noyabr oyi oxirida Ukraina harbiy dengiz kuchlariga qarashli uchta kema Rossiya Federatsiyasi hududiy dengizidagi vaqtincha yopilgan akvatoriyaga noqonuniy ravishda kirib borgan va Qora dengizdan Kerch boʻgʻoziga qarab harakatlangan edi. Kemalar xavfli manyovrlarni amalga oshirgan va Rossiya hukumatining qonuniy talablariga boʻysunmagan. Shundan soʻng kemalar qoʻlga olingan, dengizchilar - qamab qoʻyilgan. Shu bilan birga Kiyev Moskvani "tajovuzkorlikda" ayblagan edi.

Vladimir Putin ushbu hodisani provokatsiya deb atab, Rossiya chegarasini buzgan ukraina kemalari ekipajlari orasida ushbu maxsus operatsiyaga rahbarlik qilgan ikki nafar Ukraina davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ham boʻlganini qoʻshimcha qilgan. Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, Qora dengizdagi provokatsiya Poroshenkoning Ukraina prezidentligiga saylovlardagi past reytingi bilan bogʻliq.

Yangiliklar lentasi
0