Mutaxassislar "rezinka tuxum" sirini ochib berishdi

CC0 / pixabay / Varenoe yayso
Varenoe yayso - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan suratga olingan qideoda qaynatilgan tuxum sarig‘i "rezinkaga" o‘xshab qolgani aks etgan edi. Mutaxassislar "rezinka" tuxumlar aslo soxta mahsulot emasligini isbotlab berishdi

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘shlik fuqaro tomonidan qaynatib pishirilgach go‘yo rezinkaga o‘xshab qolgan tuxum sariqlari aks ettirilgan videorolikni tomosha qilgan mutaxassislar tuxumlar tabiiyligini, biroq ularni saqlash qoidasi buzilganini ma’lum qilishdi.

Trade at a city food pre-Easter fair held on Karl Marx Square in Novosibirsk. (File) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “rezina” tuxum paydo bo‘ldimi: Veterinariya qo‘mitasi tekshiruv o‘tkazdi

Ilgariroq o‘shlik fuqaro tomonidan qaynatilgan va pishgach "rezinkaga o‘xshab qolgan tuxum sarig‘i" haqidagi rolik internet tarmog‘ida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

Foydalanuvchilar ushbu mahsulot soxta ekani, savdo rastalariga esa Xitoydagi sun’iy ovqat tayyorlash fabrikalardan kelib qolganini taxmin qilishgan edi.

Ammo mutaxassislar bu taxminlarni rad etdilar.

Ekspertlarning aytishicha, "rezinka" tuxumlar Xitoydan ham, O‘zbekistondan ham, qolaversa, Qirg‘izistondan ham keltirilgan emas. Bor muammo shundaki - mahsulot viloyatlarga yetkazib berilayotganda haddan ortiq sovuqda qoldirilgan.

Yayso. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
"Antiqa" tuxum surati Instagram᾽dagi jahon rekordini yangiladi

Qirg‘iziston Davlat veterinariya inspeksiyasi internetda ommalashgan videorolikda aks ettirilgan faktlarni tekshirib ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘shlik erkak tomonidan xarid qilingan tuxumlar import mahsulot bo‘lmagan, ular Issiq-Ko‘ldagi parranda fabrikasidan keltirilgan.

Rolik ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilib, fuqarolar noroziligini keltirib chiqargach, Issiq-Ko‘l parranda fabrikasi rahbari Stalbek Mambetaliyev "rezinka tuxumlar - soxta mahsulot emasligi, balki bu tuxumlar saqlanish qoidasi buzilganini so‘zlab bergan va bu jarayonni amalda ham ko‘rsatgan.

Tadbirkor orasida muzlaganlari ham bo‘lgan bir nechta tuxumni qaynatgan. Keyin esa xuddi o‘shlik fuqaro singari barcha tuxumlarni kesib ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0