Moskvada taksi haydaydigan qirg‘iz yigiti unutib qoldirilgan 1 mln rublni egasiga qaytardi

© Sputnik / Almaz BazarbayevNursultan Kaynazarov, taksist
Nursultan Kaynazarov, taksist - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"...mashinam ortidan BMW rusumidagi mashina to‘xtayotganini ko‘rdim. Avtomobilni shu qadar yaqin to‘xtatishdiki, uzoqdan mashinamga kelib urilganday ko‘rindi hatto. Zum o‘tmay, telefonim jiringladi: menga "avtomobilimni to‘satdan turtib yuborishganini" aytishdi va ko‘chaga chiqishimni so‘rashdi", - deydi Nursulton

TOShKENT, 23 fev - Sputnik. Qirg‘izistonlik Nursulton Kaynazarov mijozni aytilgan manzilga yetkazib, uyiga qaytgan. Old o‘rindiq oldida yotgan, odamni shok holatiga soladigan topilmani esa oradan bir necha soat o‘tgach aniqlagan.

Zlaya sobaka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik yigit notanish ayolni daydi itlardan qutqaraman deb, halok bo‘ldi

Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, yigit taksist bo‘lib ishga kirganiga endigina 1 oy bo‘lgan. Nursultonning tan olishicha, old o‘rindiq oldida bir kecha davomida million rubl yotganini u hatto payqamagan.

Voqea 20-fevralga o‘tar kechasi ro‘y bergan.

"Men mijozni Domodedovo aeroportigacha olib bordim. Otrtga qaytishda bir erkak to‘xtatib, shahargacha tashlab qo‘yishni so‘radi. Uning yonida to‘rt ayol bor edi, men ularni mehmonxonaga tashladim. Shundan so‘ng yana besh-oltita mijozni tashidim. Kechki soat o‘ngacha ishladim. Ishxonaga kelgach, odatdagidek mashina salonini tozaladim va o‘rindiq ostida pul to‘la barsetkani aniqladim. Qo‘rqqanimdan pullarga hatto tegmadim. Men barsetka ichida 500-600 ming rubl bor deb o‘ylagandim", - deb tan olgan Nursulton.

Qirg‘iz yigiti nashrga bergan intervyusida politsiyachilar uni qanday topishgani haqida ham so‘zlab bergan.

"Ular meni izlab kelganlarida uyda edim. Oynaga qarab, mashinam ortidan BMW rusumidagi mashina to‘xtayotganini payqadim. Avtomobilni shu qadar yaqin to‘xtatishdiki, uzoqdan mashinamga kelib urilganday ko‘rindi hatto. Shundan so‘ng zum o‘tmay, telefonim jiringladi: menga "avtomobilimni to‘satdan turtib yuborishganini" aytishdi va ko‘chaga chiqishimni so‘rashdi. Men ular politsiyachilar ekanini darhol angladim.

Mashina reanimatsii vo vremya snegopada na Tverskoy ulitse v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada yong‘indan odam qutqargan o‘zbekistonlik yigit og‘ir ahvolda

Xuddi shu vaqtning o‘zida jinoyat qidiruv bo‘limidan telefon qilishdi. Meni ko‘rgach, politsiyachilar o‘zlarini tanishtirib, guvohnomalarini ko‘rsatishdi. Men pul to‘la barsetkani ularning qo‘liga tutqazdim. Politsiyachilar pulni olishmadi. O‘zim egasiga topshirishim kerak ekan. Shuningdek, nega darhol politsiyaga murojaat qilmaganim, qochishni rejalashtirganmanmi-yo‘qmi, agar ular telefon qilishmaganida qanday yo‘l tutishni rejalashtirganim haqida ham uzoq qiziqishdi. Men ularga salondagi barsetkani ishxonaga borganimda aniqlaganim, agar darhol aniqlaganimda, tuni bilan ishlamagan bo‘lishimni aytdim. So‘zlarimni dalili sifatida ular men yurgan marshrutlarni navigatorimdan tekshirib ko‘rishlari mumkinligini aytdim", - degan yigit.

Yigit politsiya bo‘limida pullarni egalariga topshirgan.

Nursultonning aytishicha, pullar egasi unga kattagina miqdorda mukofot puli bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, pulni yo‘qotib qo‘ygan erkak va to‘rt nafar ayol Dog‘istonda poyabzal savdosi bilan shug‘ullanar ekan. Ma’lum bo‘lishicha, ular bir million rublni kreditga olishgan va Moskvadan shu pulga tovar olmoqchi bo‘lib kelishgan.

Nursulton pulni qaytargach, ertasiga pul egalarini bir kun davomida shahar bo‘ylab aylantirgan. Kechqurun esa aeroportga kuzatib qo‘ygan. Dog‘istonga uchib ketish oldidan pul egalari Nursultonga uzoq vaqt minnatdorlik bildirganlar.

Yangiliklar lentasi
0