TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Musiqachi Yuriy Loza Moskva viloyatidagi Istra tumanida daydi itlar hujumiga uchragan yigitdan jiyani homilador ekanligini ma’lum qildi.
"Bunday dahshatli voqea qayerdadir chekka joyda sodir bo‘lganda, yashash muhitda nazorat imkoni yo‘qligiga bahona qidirasiz. Biroq Istra tumanida sodir bo‘lganligiga ishonishni xohlamaysiz. Biroq bunga ishonish kerak, chunki bunday jasur yigitdan jiyanim farzand ko‘radi. Jiyanimni butun oilamiz bilan tinchlantirishga harakat qilyapmiz. Yigit qahramonlik ko‘rsatdi, umuman notanish insonni qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qildi", — deb yozgan musiqachi Facebookdagi sahifasida.
Bir kun avval Moskva viloyati tergov qo‘mitasi matbuot xizmati Istra tumanida 26 yoshli ayolga daydi itlar hujum qilganligi haqida xabar bergandi. Uni qutqarishga umuman notanish yigit yetib keladi, biroq bu yigit itlar bilan kurashda halok bo‘ladi. Oleg Shushunov oilasi bilan 4-yil muqaddam O‘zbekistondan Rossiyaga kelgandi.
Tergov qo‘mitasi xabarida aytilishicha, it talashi oqibatida yetkazilgan jarohatlar bilan jasad 11-mart kuni Istra tumani Kursakovo qishlog‘ida aniqlandi. Tuman kasalxonasiga xuddi shunday jarohatlar bilan ayol ham olib kelindi.
Hozirgi vaqtda daydi itlarni ushlash xizmati xodimlari bilan birgalikda tegishli choralar ko‘rilmoqda.