AQShda qora tanli o‘quvchilar "qullar qo‘shig‘i" sadosi ostida paxta terishga majburlandi

© AFP 2023 / NOORULLAH SHIRZADASbor xlopka
Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shiqda: "Menga xaltani to‘ldirayotganing yoqadi. Menga gapirmaganingda yoqasan. Men uchun pul ishla!", degan so‘zlar uchraydi. Aynan shu so‘zlar tufayli bolalarning ota-onalari maktabga shikoyat bilan murojaat qilganlar

TOShKENT, 23 fev - Sputnik. Janubiy Karolinada o‘n yashar o‘quvchilar "qullar qo‘shig‘i" sadolari ostida dalada paxta terayotgani aks etgan videorolik tufayli katta janjal avj oldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar qilmoqda.

Afrika ko‘chalarida - Sputnik O‘zbekiston
Liviyada qul bozori borligi aniqlandi

Qora tanli bolalarning ota-onalaridan biri qo‘shiq so‘zlari tufayli ta’lim muassasasiga shikoyat bilan murojaat qilgan. Qo‘shiqda: "Menga sen xaltani to‘ldirayotganing yoqadi. Menga sen gapirmaganingda yoqasan. Men uchun pul ishla!", degan so‘zlar uchraydi. Maktab o‘quvchisi onasi so‘zlariga ko‘ra, shunga o‘xshash qo‘shiqlarni plantatsiyalarda qora tanli qullar hirgoyi qilganlar.

Maktab ma’muriyati o‘quvchilar Buyuk tushkunlik mavzusiga bag‘ishlangan dars munosabati bilan dalaga olib chiqilganini ma’lum qilgan. Shuningdek, qo‘shiq so‘zlari ham qora tanli o‘qituvchi tomonidan yozilgan bo‘lib, muallim o‘z navbatida 1920-yillar oxirida paxta plantatsiyalarida mehnat qilgan ota-onasining tajribasiga tayanib qo‘shiq matnini yozgan ekan.

Maktabning o‘zi ham 1929-yilda afroamerikaliklar tomonidan yaratilgan bo‘lib, bu kabi "dala darslari" allaqachon maktabda tarix darsligi dasturidan o‘rin olganligi xabar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0