Liviyada qul bozori borligi aniqlandi

© AFP 2023 / ISSOUF SANOGOAfrika ko‘chalarida
Afrika ko‘chalarida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro migratsiya tashkiloti Liviya janubi-g‘arbida qul bozori borligi haqida xabar qildi.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) Liviya janubi-g‘arbidagi Sabxa shahrida qul bozori borligini, u yerda O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga ketayotgan migrantlarni qul sifatida sotilayotganini xabar qildi.  

"Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlaridan bo‘lgan migrantlar liviyaliklar tomonidan olib-sotiladi. Ularga Gana va Niger fuqarolari yordam beradi", — dedi XMT matbuot kotibi Joel Millman.

Millman aytishiga qaraganda, u bilan suhbat qilgan bir necha migrantlar juda mudhish voqealarni hikoya qilib bergan. Sabxa maydonlari va garajlarida migrantlar qul sifatida sotilishini  tasdiqlashgan. Bu ish bilan  odatda mahalliy aholi va haydovchilar shug‘ullanar ekan. Ular migrantlarni kunlik ish uchun shaharga olib ketar, keyin esa to‘lov o‘rniga ularni boshqa odamga sotar ekan. Niger, Gana va Gambiyalik migrantlarni esa odam o‘g‘risi yoki qullar qo‘riqchisi sifatida yollashar ekan.

Mahalliy aholi qo‘lida bo‘lgan qochqinlar zo‘ravonlik va ovqat yetishmasligidan jabrlanayotgan ekan. O‘tgan yili shunday migrant qullardan 14 kishi qurbon bo‘lgan ekan.

Yangiliklar lentasi
0